Suriya rasmiylari mamlakat janubidagi As-Suvayda viloyatida vaziyat keskinlashgani vaqtida sodir etilgan qotilliklarni tergov qilish uchun qo‘mita tuzdi va jinoyatlar uchun barcha aybdorlarni javobgarlikka tortadi.
Bu haqda Suriya o‘tish davri hukumatidagi Mudofaa vazirligining OAV bilan aloqalar bo‘limi ma’lum qildi.
Departamentning Telegramdagi rasmiy kanalida e’lon qilingan bayonotga ko‘ra, Mudofaa vazirligi “As-Suvayda shahrida harbiy kiyimdagi noma’lum guruh tomonidan jiddiy qoidabuzarliklar sodir etilgani haqidagi xabarlarni kuzatib bordi”. “As-Suvayda shahrida sodir etilgan huquqbuzarlik holatlarini tekshirish va ularni sodir etgan shaxslarni aniqlash uchun qo‘mita tuzildi”, deyiladi matnda. “As-Suvayda shahrida qonunbuzarlik sodir etgan shaxslar shaxsi aniqlangandan keyin eng yuqori jazoga tortiladi”, — deyiladi hujjatda.
Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, Mudofaa vaziri Murhaf Abu Qasra harbiy qo‘mitaning qonunbuzarliklar bo‘yicha tekshiruvini shaxsan nazorat qiladi. Bayonotda keltirilgan uning so‘zlariga ko‘ra, “Mudofaa vazirligi bilan aloqador bo‘lsa ham” birorta ham jinoyatchi ozod etilmaydi.