Superliga 21-turida "Nasaf" "Surxon" bilan bellashuvda ochko yo‘qotdi. Qarshidagi "Markaziy" stadiondagi bahs 1:1 hisobida yakunlandi.
O‘yinda Zoran Marushich 17-daqiqada gol urib, mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqqan edi. 62-daqiqada Abdug‘ofur Haydarov muvozanatni tikladi.
O‘yin davomida "ajdarlar"dan Sherzod Nasrullayev (69-daqiqa), mehmonlardan esa Sunnatulloh Hamidjonov (87-daqiqa) maydondan chetlatildi.