Bugun 13 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Sun’iy intellekt xavfsizligiga qo‘yilayotgan talablar yetarli emas

Sun’iy intellekt xavfsizligiga qo‘yilayotgan talablar yetarli emas

Microsoft prezidenti Bred Smit sun’iy intellekt xavfsizligiga qo‘yilayotgan talablar maishiy texnikaga nisbatan belgilangan talablardan ham kam ekanini ta’kidlab, ushbu sohada yagona xalqaro qoidalarni ishlab chiqishga chaqirdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

«Hozirda kir yuvish mashinasi xavfsizligiga sun’iy intellektga nisbatan ko‘proq talablar qo‘yiladi», — dedi Bred Smit.

Microsoft rahbarining fikricha, sun’iy intellekt sohasida xavfsizlikni ta’minlash uchun global qoidalar tizimini joriy etish zarur. Ushbu qoidalar sun’iy intellekt agentlari tomonidan kiberhujumlar amalga oshirilishining oldini olish maqsadida favqulodda to‘xtatish mexanizmi mavjud bo‘lishini ta’minlashi kerak.

Shuningdek, Smit sun’iy intellekt ishlab chiquvchi kompaniyalar zimmasiga xavfsizlik bilan bog‘liq hodisalar haqida hisobot taqdim etish bo‘yicha qonuniy majburiyat yuklashni taklif qildi.

So‘nggi vaqtlarda sun’iy intellekt texnologiyalarining ehtimoliy xavflari, jumladan, ular ustidan inson nazoratini yo‘qotish masalasi xalqaro miqyosda keng muhokama qilinmoqda.

Avvalroq Anthropic kompaniyasi rahbari Dario Amodey ham xavfsizlik bilan bog‘liq xavotirlar sababli yanada kuchli sun’iy intellekt modellarini ishlab chiqish jarayonini sekinlashtirishga chaqirgan edi.

Kiritildi: 20:35 12.10.2026. O'qildi: 265 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!