Bugun 22 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

So‘nggi sakkiz yilda Andijonda dastgohsozlik sanoati 20 karra o‘sdi

So‘nggi sakkiz yilda Andijonda dastgohsozlik sanoati 20 karra o‘sdi

"Kecha yarmarkada ko‘rdim. Viloyatda bu borada katta maktab shakllanib ulgurdi, yangi korxona qilaman, degan tadbirkorlar ham ko‘p. Lekin ikki yilda viloyatga chetdan 1 milliard dollarlik asbob-uskunalar import qilingan. Ularni ishlab chiqarishni qancha tez o‘zlashtirsak, iqtisodiyotni yangi texnologik bosqichga o‘tkazishda eng muhim qadam bo‘ladi", - dedi davlatimiz rahbari.

Masalan, Buloqboshidagi “Molekulyar kimyo” korxonasi respublikada yagona bo‘lgan bo‘yash dastgohlarini ishlab chiqarishni boshlagan. Mutasaddilar yana 10-15 ta shunday tadbirkorni topib, ularga sharoit qilib bersa, vaziyat mutlaqo o‘zgarishi ta’kidlandi.

Afsuski, bunday tadbirkorlarga uskunasi uchun sertifikat olish, ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni qiyinligi, uzoq vaqt talab qilgani sababli ular loyihalarga pul tikishdan xavfsirayapti. Mas’ullarga ular bilan yaqin muloqot o‘rnatish va loyihalariga ko‘maklashish topshirildi.

Bundan tashqari, mashinasozlik-konstruktorlik ishlab chiqarish markazlarini tashkil etish Andijondan boshlanishi belgilandi.

Jumladan, tarmoqlar rahbarlari to‘qimachilik, charm-poyabzal, mebel, avtomobilsozlik kabi “drayver” sohalarda talab yuqori bo‘lgan kamida 5 turdagi import uskunasining texnik ko‘rsatkichini o‘rganadi. Ularning konstruktorlik yechimlarini mahalliy korxonalarga taklif qiladi. Bunday uskunalarni mahalliylashtirish istagidagi tadbirkorlarga 5 milliard so‘mgacha imtiyozli kredit beriladi.

Kiritildi: 12:15 16.04.2025. O'qildi: 617 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!