Bugun 14 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” bekor qilinmadi: Vazirlik mish-mishlarga rasmiy raddiya berdi

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” bekor qilinmadi: Vazirlik mish-mishlarga rasmiy raddiya berdi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari o‘tkazilishi taqiqlangani haqidagi xabarlarni rad etdi.

Ma’lum qilinishicha, ijtimoiy tarmoqlarda ushbu tadbir o‘tkazilishi taqiqlangani, cheklovlar o‘rnatilgani haqida turli noto‘g‘ri xabarlar tarqalmoqda. Joriy o‘quv yilining oxirgi kuni 25 may, yakshanba – dam olish kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari 24 may – shanba kuni o‘tkazilishi belgilangan.

“Vazirlik shuni ma’lum qiladiki, maktablarimizda so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlarini ko‘tarinki kayfiyatda, tantanalar bilan o‘tkazish an’anasi bu yil ham davom etadi”, deyiladi xabarda.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi maktablar jamoalarini, bitiruvchilarni, ota-onalarni tadbirlar jarayonida xavfsizlik qoidalariga rioya etishga chaqirdi.

Kiritildi: 16:35 18.05.2025. O'qildi: 830 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!