So‘nggi oylarda Pentagonning qurol-yarog‘ va texnika zaxiralari kamaygani sababli AQSh Ukrainaga harbiy yordam miqdorini kamaytirdi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.
Manbalarning CNN'ga ma’lum qilishicha, Bayden ma’muriyatida Ukraina uchun qurol va o‘q-dorilar uchun 6 milliard dollar qolgan, ammo Pentagon yetkazib berishga tayyor bo‘lgan zaxiralarga ega emas.
2024 yil aprel oyida Pentagon Ukrainaga 1 milliard dollarlik harbiy yordam paketini e’lon qilgan edi. O‘shandan beri har bir paketning narxi sezilarli darajada kamaytirildi, ular 400 million dollardan oshmadi. Taqqoslash uchun, 2022 va 2023 yillarda muntazam harbiy yordam miqdori 600-800 million dollarni tashkil etgan bo‘lsa, eng katta paket – 2,85 milliard dollar 2023 yil yanvarida ajratilgan edi.