Tokioning Senso-dzi ibodatxonasida har yili «Naki Sumo» festivali o‘tkaziladi. Uning sharti juda qiziq.
Sumochilar qo‘llariga 1-2 yoshli bolalarni ko‘tarib, hushtak yangrashi bilan unga turli ovozlar yordamida basharalarini bujmaytirib, qo‘rqinchli qiliqlar qilishni boshlashadi. Hakam esa ularning o‘rtasida turib olib: «Yig‘la! Yig‘la! Yig‘la!» deb bolalarga buyruq beradi. An’anaga ko‘ra, eng baland ovozda yig‘lagan bolakay musobaqada g‘olib chiqadi.
Mazkur festival asosini mashhur yapon afsonasi tashkil qiladi. Unga ko‘ra, chaqaloqlarning yig‘isi yovuz ruhlarni qo‘rqitar emish. Ko‘p yig‘laydigan bola esa sog‘lom va omadli bo‘lib yetishadi.
«Naki Sumo»da ishtirok etish uchun ota-onalar 10 ming iyen pul to‘lashadi.
lenta.ru