Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan e’lon qilingan uch kunlik sulhga qaramasdan, Rossiya armiyasi Donesk viloyatida hujum va o‘q uzishlarni davom ettirmoqda. Pokrovsk, Toresk, Liman, Novopavlovka va boshqa yo‘nalishlarda janglar bo‘lmoqda, deb ma’lum qildi Ukraina Qurolli kuchlari vakili Viktor Tregubov.
Shu bilan birga, Tregubovning ta’kidlashicha, "hozirda dushmanning faolligi ancha kamaygan", lekin "sulh haqida gapirishga asos yo‘q".
"Ko‘rib turibmizki, frontda sulh sezilmayapti, orqa saflarda ham undan darak yo‘q”, — deya Tregubovning so‘zlarini keltiradi “Ukrinform” agentligi.
Avvalroq Ukraina tomoni 8 may kuni kechasi Rossiyaning hujumlari haqida xabar bergan edi. Ukraina Qurolli kuchlari Rossiya taktik aviasiyasi tomonidan Sumi viloyatga boshqariluvchi aviabombalar yo‘llangani, shuningdek, frontga yaqin hududlarda aviasiya vositalari qo‘llanilishi tahdidi haqida ma’lum qilingan. Shu bilan bir qatorda, o‘tgan tun Ukraina osmonida birorta ham Rossiya droni qayd etilmagan.
Ukraina Qurolli Kuchlarining uchta bo‘linmasi xizmatchilari “Suspіlne” telekanaliga ma’lum qilishicha, ularga e’lon qilingan sulh davomida faqat javob zarbalariga ruxsat berilgan. Kanalning xabar berishicha, bunday buyruqlar Ukraina harbiylariga "Pasxa sulhi” paytida ham berilgan edi.