Associated Press xabariga ko‘ra, federal sudya Amir Ali AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) dasturlarini moliyalashtirishni davom ettirish bo‘yicha qaror chiqargan birinchi sudyadir.
Sudya bu qarorni OITSga qarshi vaksinalarni himoya qilish koalisiyasi va Global sog‘liqni saqlash kengashi tomonidan kiritilgan da’vo asosida chiqardi. Ushbu tashkilotlar Vashingtondan xalqaro loyihalar uchun mablag‘ oladigan tibbiy muassasalar hisoblanadi.
"Oq uy yuridik jamoasi moliyalashtirishni to‘xtatish qarorining "mantiqiy sabablari" borligini isbotlay olmagan. Mablag‘ ajratish to‘xtatilishi natijasida ko‘plab yirik va kichik tashkilotlar yopilishiga majbur bo‘lardi", — deb xulosa qilidi sudya.