28 iyul kuni «Straus House» MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan sud jarayoni nihoyasiga yetgani xabar qilingan edi. Sud hukmi bilan jamiyat ta’sischisi I.Isroilov va uning jinoiy sheriklari JKning tegishli moddalari bilan turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qilindi.
Kun.uz ushbu ishni ko‘rib chiqqan Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudi bilan bog‘lanib, jinoyat ishi bo‘yicha yetkazilgan zarar, jabrlanuvchilar soni va undiruvning ta’minlanishiga doir qo‘shimcha ma’lumotlarni oldi.
Ma’lum bo‘lishicha, tuyaqush jo‘jalari bilan bog‘liq mazkur jinoyat ishi doirasida 298 nafar fuqaro jabrlanuvchi deb topilgan va ular ko‘rgan jami zarar miqdori 6 617 444 500 (olti milliard olti yuz o‘n yetti million to‘rt yuz qirq to‘rt ming besh yuz) so‘mni tashkil etgan.
Jabr ko‘rganlar hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinish olgan:
Jinoyat ishi doirasida xatlangan:
Shuningdek, ashyovil dalil deb e’tirof etilgan:
IIV huzuridagi Tergov departamentining bankdagi hisob raqamida saqlanayotgan hamda xatlangan Pokiston Islom Respublikasining «Chemikals & Marbels Lahore Pakistan» kompaniyasiga tuyaqush jo‘jalarini sotib olish maqsadida, shartnomaga asosan ko‘chirilgan 1.854.000.000 (bir milliard sakkiz yuz ellik to‘rt million) so‘m miqdoridagi pullar, hukm qonuniy kuchga kirganidan so‘ng, tegishli tartibda yetkazilgan moddiy zararlarni qoplashga proporsional tartibda qaratiladi.
Etkazilgan zarar I.R.Isroilov, A.Z.Maxmutaliyev, D.N.Qutpiddinov va O.Saidovlardan solidar tartibda undiriladi.
Hukm manfaatdor taraflar tomonidan apellyasiya tartibida shikoyat kiritilmasa, e’lon qilingan kundan boshlab o‘n sutkadan so‘ng kuchga kirishi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, sud «Straus House» MCHJ ta’sischisi I.Isroilovni 9 yil, MCHJ direktori A.Maxmutaliyevni 7 yil, direktor o‘rinbosari D.Qutpiddinovni 8 yil 5 oy 26 kun muddatga ozodlikdan mahrum etdi. MCHJ bosh hisobchisi O.Saidovga 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.