Bugun 14 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Stoltenberg Kosovoga qo‘shin yuborgani uchun Turkiyadan minnatdor

A A A
Stoltenberg Kosovoga qo‘shin yuborgani uchun Turkiyadan minnatdor

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg alyans iltimosiga ko‘ra Kosovoga qo‘shimcha harbiy qism yuborish qarori uchun Anqaraga minnatdorchilik bildirdi.

Bu haqda blok rahbari Istanbulda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan uchrashuvdan so‘ng jurnalistlarga ma’lum qildi.

“Oxirgi tartibsizliklardan so‘ng Kosovo shimoliga qo‘shimcha kuch yuborgani uchun Turkiyaga minnatdorchilik bildiraman”, dedi Stoltenberg.

Stoltenberg, shuningdek, Turkiyaning Ukrainani kuchli qo‘llab-quvvatlashi, jumladan, g‘alla kelishuvida yetakchi rol o‘ynashi va uni uzaytirishning ahamiyatini ta’kidladi.

Kiritildi: 09:45 05.06.2023. O'qildi: 1822 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!