Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Starship raketasi parchalari sababli samolyotlar yo‘nalishini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi

A A A
Starship raketasi parchalari sababli samolyotlar yo‘nalishini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi

Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Agentlikning yozishicha, raketa portlaganidan keyin Meksika ko‘rfazi va Karib dengizi osmoni uzra parvoz qilayotgan o‘nlab samolyotlar o‘z yo‘nalishlarini o‘zgartirishga majbur bo‘lgan. Sinov parvozi vaqtida Starship raketasi belgilangan balandlikka ko‘tarila olmay, osmonda portlagan. Shunga qaramay, Super Heavy raketa tezlatgichi muvaffaqiyatli ravishda start maydoniga qaytgan.

SpaceX kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, avariya kislorod yoki yoqilg‘i sizib chiqishi sababli yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin. Portlash parvoz boshlanganidan taxminan sakkiz yarim daqiqa o‘tgach sodir bo‘lgan. Starship orbitaga 10 ta modernizasiya qilingan Starlink sun’iy yo‘ldoshi o‘lchamiga teng yukni yetkazishi kerak edi.

Kiritildi: 12:22 17.01.2025. O'qildi: 1191 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!