Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Starlink yo‘ldosh internet-tarmog‘i sayyoramizning barcha qit’asini qamrab oldi

Starlink yo‘ldosh internet-tarmog‘i sayyoramizning barcha qit’asini qamrab oldi

Amerikaning SpaceX kompaniyasiga qarashli Starlink yo‘ldosh internet-tarmog‘i sayyoramizning barcha qit’asini qamrab oldi, deb ma’lum qildi Ilon Mask o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

"Starlink endi barcha qit’ada, jumladan, Antarktida ham ishlayapti", – deyiladi xabarda. Avvalroq milliarder Ilon Mask Amerikaning SpaceX koinot kompaniyasi 54 ta Starlink yo‘ldoshini orbitaga chiqargani haqida xabarni tarqatgan edi.

Starlink – kelgusi avlod yo‘ldosh tarmoq bo‘lib, sayyoramizning istalgan joyidan internetga keng polosali ulanish imkonini beradi. SpaceX kompaniyasi ushbu loyihani 2018 yil fevralda hayotga joriy qila boshlagan edi. Dastavval Starlink yo‘ldoshlari 12 mingta apparatdan iborat bo‘ladi, deyilgandi. 2019 yilda kompaniya yana 30 mingta apparat uchirishga buyurtma bergan.

Kiritildi: 19:42 19.09.2022. O'qildi: 3430 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!