Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

SSV: Yunusoboddagi avtohalokatda jarohat olgan ikki bemor jonlantirish bo‘limida, yana biri uyda davolanmoqda

SSV: Yunusoboddagi avtohalokatda jarohat olgan ikki bemor jonlantirish bo‘limida, yana biri uyda davolanmoqda

Kecha ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtimizning Yunusobod tumanida joylashgan “Mega Planet” savdo markazi yaqinida soat taxminan 23:00 atrofida “BMW” rusumli avtomashina katta tezlikda boshqaruvni yo‘qotib, avtohalokatga uchragani haqida xabarlar tarqaldi.

Toshkent shahar IIBBning ushbu hodisa yuzasidan bergan ma’lumotiga ko‘ra, transport vositasi boshqaruvchisi — 1990 yilda tug‘ilgan Z.R. hamda yo‘lovchilar — 1996 yilda tug‘ilgan J.Y. va 1995 yilda tug‘ilgan J.I. shifoxonaga yotqizilgan. 1994 yilda tug‘ilgan X.S. esa voqea joyida vafot etgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi avtohalokatga uchragan uch nafar bemorning holati yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.

Poytaxtimizdagi davolash muassasasiga olib kelingan avtomashina boshqaruvchisi Z.R.ga “Bosh miya ochiq jarohati. Bosh miya lat yeyishi. Bosh tepa sohasining ezilib yirtilgan jarohati. Chap yelka sohasi yumshoq to‘qimalari lat yeyishi. Koma 1-2 daraja” tashxisi qo‘yilgan.

Tibbiyot xodimlari tomonidan bemor boshidagi jarohatga birlamchi jarrohlik ishlovi berilgan. Og‘riqsizlantirilib, IVL apparatiga ulangan. Bosh qismi MSKT, ichki a’zolari esa UTT kabi barcha zaruriy tekshiruvlardan o‘tkazilgan.

Ayni paytda Z. R. jonlantirish bo‘limida. Sun’iy nafas olish apparatiga ulangan. Unga barcha tegishli tibbiy muolajalar ko‘rsatilmoqda.

Shuningdek, “Bosh miya ochiq jarohati. Bosh miya lat yeyishi. Bosh tepa sohasining ezilib yirtilgan jarohati. Ko‘krak qafasi lat yeyishi” diagnozi qo‘yilgan yo‘lovchi J.Y. ham jonlantirish bo‘limida zarur davo muolajalarini olmoqda. Uning ahvoli o‘rta og‘ir. Xushida.

Bemor J.I da esa “Bosh miya yopiq jarohati. Bosh miya chayqalishi. Chap tomon yuqori qovoq, o‘ng tomon jag‘ osti va bo‘yin sohalari ezilib yirtilgan jarohatlari” aniqlangan.

Unga tegishli tibbiy yordam ko‘rsatilib, zarur muolajalar o‘tkazilgach, ahvoli qoniqarli bo‘lgani uchun ambulator sharoitda davolanishi uchun uyiga javob berildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ayni paytda bemorlar salomatligini o‘z nazoratiga olgan. Muolaja jarayonlari uchun yetakchi tibbiyot mutaxassislari jalb qilingan.

Kiritildi: 12:12 30.09.2022. O'qildi: 2216 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!