Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

SSV: Toshkent tibbiyot akademiyasi xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ldi

A A A
SSV: Toshkent tibbiyot akademiyasi xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ldi

Malayziyada o‘tkazilayotgan “QS Higher Education Summit Asia Pacific - 2023” sammiti doirasida Osiyoning eng yaxshi oliy o‘quv yurtlari reytingi aniqlandi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi O‘zbekistondagi tibbiyot oliy o‘quv yurtlari ichida birinchilardan bo‘lib "QS Star Very Good 4" yulduzli oliy ta’lim muassasasiga aylandi.

"QS Stars" reytingi keng qamrovli va jahon miqyosida e’tirof etilgan baholash tizimi bo‘lib, u turli sohalardagi universitetlarni ularning faoliyati haqida umumiy tasavvurni taqdim etish uchun baholaydi. U universitetlarni bir necha muhim yo‘nalishlar, jumladan, o‘qitish sifati (5 yulduz), ishga joylashish (5 yulduz), tadqiqot (4 yulduz), xalqaro hamkorlik (3 yulduz), qulayliklar (3 yulduz), innovasiyalar, inklyuzivlik va boshqalar asosida baholaydi.

Kiritildi: 10:24 10.11.2023. O'qildi: 900 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!