Bugun 22 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Sog‘liqni saqlash vaziri roddomlardagi “suyunchi puli”, “kesarcha kesish” uchun belgilangan stavkalar haqida gapirdi

A A A
Sog‘liqni saqlash vaziri roddomlardagi “suyunchi puli”, “kesarcha kesish” uchun belgilangan stavkalar haqida gapirdi

Sog‘liqni saqlash vaziri Amrullo Inoyatov yangi yilni tizimda “Korrupsiyaga qarshi kurash yili” deb e’lon qilinishini ta’kidladi.

"Ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan korrupsiya urchigan bir qator yo‘nalishlar borki, birinchi navbatda ularga barham berishimiz kerak.

Xususan, ishga joylashtirish, ayniqsa hamshiralarni, roddomlardagi “suyunchi puli”, “kesarcha kesish” uchun belgilangan stavkalar, order berishdagi tanish-bilishchilik kabi illatlar mavjudligini hamma biladi.

Afsuski, shu ishlarni amalga oshirayotgan ayrim nopok shaxslar tufayli butun tizim sha’niga dog‘ tushmoqda.

Yangi yilni tizimda “Korrupsiyaga qarshi kurash yili” deb e’lon qilamiz. Vazirlikning maxsus “Ishonch telefoni” tashkil etiladi.

Shu bilan birga ishonch telefoni sifatida o‘zimning shaxsiy raqamimni ham kiritaman", dedi u.

Kiritildi: 12:23 04.01.2023. O'qildi: 8263 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!