Ijtimoiy tarmoqlarda jurnalist Otabek Mahkamov og‘ir ahvolda ekani va mamlakatimizdagi tibbiyot muassasalari faoliyatidan norozilik bildirgani haqidagi xabarlar tarqaldi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi vaziyatga aniqlik kiritish uchun ushbu holatni o‘rgandi. Natijada, O.Mahkamov vazirlik tizimiga kiruvchi biror davolash muassasasida muolaja olmagani aniqlandi.
Bundan tashqari, jurnalist shu yilning iyun oyi boshida mamlakatimizdan xorijga safarga ketganligi, hozirda esa AQShda davolanayotganligi haqida xabarlar aytilmoqda.
Qolaversa, internet tarmog‘ida tarqalgan matn aynan jurnalist O.Mahkamovga tegishli ekani ham tasdiqlanmagan. Ushbu matnning oddiy imlo va grammatik qoidalarga javob bermasligi ham buni tasdiqlay oladi.
Shu munosabat bilan, ijtimoiy tarmoqdagi sahifalar adminlari, blogerlar va fuqarolardan inson hayoti bilan bog‘liq bu kabi masalalar ortidan asossiz shov-shuv qo‘zg‘ashga urinish qonunga va insoniylik tamoyillariga zid ekanini eslatib o‘tamiz.