Bugun 21 may, 2024 yil, seshanba

КИР

"Sputnik V" yo‘riqnomasida yangi ogohlantirish paydo bo‘ldi

"Sputnik V" yo‘riqnomasida yangi ogohlantirish paydo bo‘ldi

"Sputnik V" vaksinasining yo‘riqnomasida yangi ogohlantirish paydo bo‘ldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti. 

Unda  Rossiya vaksinasini qabul qilayotganlar "Sputnik V"ning onkologiya kasaliga chalingan kishilarga ta’siri haqida ma’lumot yetishmasligi haqida ogohlantirilgan. 

"Ma’lumot yetishmasligi oqibatida, vaksina autoimmun kasalligiga chalingan va yomon sifatli saraton shishiga ega bo‘lgan bemorlar uchun xavfli bo‘lishi mumkin", - deyilgan ogohlantirishda. 

Eslatib o‘tamiz, Odam adenovirusi asosida yaratilgan "Sputnik V" vaksinasi 2020 yilning avgust oyida Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligida tezlashtirilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan edi. Bugungi kunda vaksina qabul qilganlar soni 1 milliondan oshib ketgan. 

Ayni damda Rossiya vaksinasining sinovlari Venesuelada muvaffaqiyatli yakunlangan. Turkiyada uni ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. 

Kiritildi: 14:40 25.01.2021. O'qildi: 2838 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!