Bugun 17 sentyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Sportdagi korrupsiyaviy holatlar uchun alohida jinoiy javobgarliklar belgilanmoqda

Sportdagi korrupsiyaviy holatlar uchun alohida jinoiy javobgarliklar belgilanmoqda

Senatning ellik ikkinchi yalpi majlisida «Sport sohasida korrupsiyaning oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun muhokama qilindi.

Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilarining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olgani yoki mulkiy manfaatdor bo‘lgani, shuningdek, sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilarini pora evaziga og‘dirib olganlik uchun javobgarlikni belgilovchi qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Birinchidan, sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilarining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo‘lishi bilan bog‘liq qilmish uchun javobgarlik belgilanib, yangi prim-modda (214−1-modda) kiritilmoqda.

Ikkinchidan, sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilarini pora evaziga og‘dirib olganlik uchun yangi kiritilgan 214−2-moddaga asosan javobgarlik nazarda tutilmoqda.

Muhokama yakunida qonun senatorlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.

Kiritildi: 16:34 18.05.2024. O'qildi: 1034 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!