Bugun 17 sentyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Sport sohasidagi korrupsiyaviy qilmishlar uchun jazo muqarrarligi ta’minlanadi

Sport sohasidagi korrupsiyaviy qilmishlar uchun jazo muqarrarligi ta’minlanadi

Senatning ellik ikkinchi yalpi majlisida «Sport sohasida korrupsiyaning oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun muhokama qilindi.

Ma’lumki, keyingi yillarda mamlakatimizda sportni ommalashtirish, sport turlarini yanada rivojlantirish va sport infratuzilmasini modernizasiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga hozirgi vaqtda mazkur sohadagi qonun hujjatlariga sportdagi korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishga qaratilgan yangi normalarni kiritish zarurati yuzaga kelmoqda.

Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilarining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olganligi yoki mulkiy manfaatdor bo‘lganligi, shuningdek, sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilarini pora evaziga og‘dirib olganlik uchun javobgarlikni belgilovchi qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Senatorlarning fikricha, ushbu Qonun milliy qonunchiligimizni zamonaviy xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olgan holda takomillashtirishga, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga, sport sohasidagi jinoyatlarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlashga, shuningdek respublikamizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Muhokama yakunida Qonun senatorlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.

Kiritildi: 19:37 18.05.2024. O'qildi: 1397 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!