Bugun 16 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Sport ozuqasi kapsulalari ichida "jon saqlagan" sintetik narkotiklar fosh bo‘ldi

Sport ozuqasi kapsulalari ichida "jon saqlagan" sintetik narkotiklar fosh bo‘ldi

Toshkent xalqaro aeroportida bojxona xodimlari sintetik narkotiklarni go‘yoki biologik faol qo‘shimcha sifatida olib kirishga uringan qo‘shni davlat fuqarosini to‘xtatib qolishdi.

Bojxonadan “yashil” yo‘lak orqali harakatlangan ushbu shaxsning sumkasida sportchilar ozuqasi sifatida iste’mol qilinadigan 2 quti biologik faol qo‘shimchalar bojxonachilarning diqqatini tortdi.

Mazkur qutilarga qadoqlangan kapsulalar aslida oq rangda ishlab chiqariladi. Va qadog‘iga ko‘ra, ularda jami 760 dona kapsula bo‘lishi lozim edi.

Ammo, har ikkala qutidagi jami kapsulalar soni 920 donani tashkil qildi. Boz ustiga, kapsulalar ham oq rangda emas, balki sariq va qizil ranglarda edi. Bu esa qutilarga joylangan kapsulalar qo‘lbola tarzda qadoqlanganini anglatadi.

Bojxona qo‘mitasi Markaziy bojxona laboratoriyasining ekspert xulosasiga ko‘ra, mazkur kapsulalarga joylangan modda "Alfa PVP" turidagi sintetik narkotik modda ekanligi fosh bo‘ldi.

Mazkur giyohvandlik vositalarining qora bozorida chakana narxi 350 ming dolllargacha yetadi!

Faqatgina shu emas - "Toshkent-Aerpo" IBK tezkor tuzilmalari tomonidan tezkor tadbir Yuqorichirchiq tumanida davom ettirilib, ushbu yo‘lovchi keyinchalik "zakladka" usulida tarqatish uchun mo‘ljallangan giyohvandlik vositasini yashirib ketgan manzil-havola ham aniqlandi.

Ko‘zdan pana, chet va xilvat joydagi ushbu manzil belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirliganida, 1 dona polietilen paket ko‘mib qo‘yilgani fosh bo‘ldi. Unda esa bir necha bo‘laklarda og‘irligi taxminan yarim kilogram “gashish” moddasi borligi aniqlandi.

Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Kiritildi: 14:45 15.04.2026. O'qildi: 462 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!