Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

"Spark"ning «motor» qismida Psixotrop dori vositalarini yashirib olib o‘tayotgan shaxs Ohangaronda fosh etildi

"Spark"ning «motor» qismida Psixotrop dori vositalarini yashirib olib o‘tayotgan shaxs Ohangaronda fosh etildi

«Chinor» YPX maskanidan «Farg‘ona-Toshkent» yo‘nalishi bo‘ylab o‘tayotgan "Spark"ning havo filtrlari orasiga 320 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari yashirilgan.

Toshkent viloyati IIBB JQB "Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish" bo‘limi xodimlari tomonidan «Chinor» YPX maskanida navbatdagi tezkor-qidiruv tadbiri tashkil etilgan.

Tadbir davomida maskandan «Farg‘ona-Toshkent» yo‘nalishida o‘tayotgan "Spark" avtomashinasida 28 yoshli fuqaro B.M. 39 dona «Tropikamid» va 280 dona «Regapen» kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini mazkur avtomashinaning oldi kapot qismidagi, havo filtri qutisi orasiga yashirib Toshkent shahriga olib o‘tmoqchi bo‘lganida ushlandi.

Holat yuzasidan yo‘lovchi B.M. va haydovchi N.R. ga nisbatan Ohangaron tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi 251(1)-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 15:33 28.09.2022. O'qildi: 1194 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!