SpaceX Ukraina tomonidan Starlink sun’iy yo‘ldoshlaridan harbiy maqsadlarda, jumladan, dronlarni boshqarishda foydalanishni chekladi.
Kompaniya prezidenti Gvin Shotvellning aytishicha, uskuna «hech qachon qurollanish uchun mo‘ljallanmagan», deb yozadi Reuters.
Uning ta’kidlashicha, Starlink tarmoqlaridan Ukraina harbiy dronlari uchun foydalanish Kiyev va SpaceX o‘rtasidagi kelishuvga kirmagan.
Avvalroq Ukraina Mudofaa vazirligi zarba beruvchi UAV operatorlari kompaniyalarini tuzish rejalari haqida e’lon qilgan edi va bo‘linmalar Starlink aloqa vositalari bilan jihozlanishi kerak edi.