"SpaceX" tarixda birinchi marta odamlarni qutb orbitalariga – "XKS"dan ko‘rinmaydigan Shimoliy va Janubiy yarimsharlarga jo‘natadi.
Ekipaj tarkibiga tadbirkor Chan Vang, uchuvchi va bir nechta olimlar kiradi - ularning barchasi hayotlarida birinchi marta koinotga uchadi.
Missiyaning maqsadlaridan biri 2017 yilda kashf etilgan atmosfera hodisasi bo‘lgan “Stivs”ni o‘rganish bo‘lib, u osmondagi uzun yorug‘lik chizig‘iga o‘xshaydi.
Kemada kuzatishlar uchun shisha gumbaz bo‘ladi. Uni yil oxirigacha ishga tushirish rejalashtirilgan, parvozning o‘zi taxminan 5 kun davom etadi.