"Soxta makler" qo‘lga olindi
————
Surxondaryo viloyatida yashovchida yashovchi 20 yoshli Q.A. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 600.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Namangan viloyati Kosonsoy tumanida yashovchi 21 yoshli O.D. sodir etganligi aniqlandi.
Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan O.D. internet foydalanuvchilariga "Telegram" messenjeri orqali, Toshkent shahridan ijaraga xonadon topib berishini va’da qilgan holda fuqarolarni qiziqtirib, oldindan boshlang‘ich to‘lov sifatida ularning pullarini o‘zining bank kartasiga o‘tkazib olib, so‘ng yozishmalarni o‘chirib yuborib, qing‘ir yo‘llar bilan boylik orttirib kelayotganligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, O.D.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
🟥 Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “g” bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.