——
Toshkent shahrida yashovchi M.O. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 27 mln. so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Surxondaryo viloyatida yashovchi 34 yoshli J.G. sodir etganligi aniqlandi.
Unga ko‘ra, J.G. internet foydalanuvchilariga telegram messenjeri orqali yolg‘on e’lonlar ostida soxta dastur, havola jo‘natib kelgan va bu e’longa ishonib yuklab olgan jabrlanuvchi M.O.ning bank karta ma’lumotlarini qo‘lga kiritib, uning bank mobil ilovasiga ikkinchi foydalanuvchi sifatida ulanib olgan va uning hisobidagi 27 mln. so‘m pullarini o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank kartasiga o‘tkazib olib, o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan J.G.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi ”b” bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.