Bugun 31 may, 2025 yil, shanba

КИР

Sovuq kunlarda nimalarga e’tiborli bo‘lish kerak?

A A A
Sovuq kunlarda nimalarga e’tiborli bo‘lish kerak?

O‘zbekistonga sovuq kunlar kirib keldi, 11-13 dekabr kunlari havo harorati kechalari −20 darajagacha pasayadi.

Xonadonlarni isitishda o‘zingiz va oila a’zolaringizni is gazi hamda yong‘in xavfidan himoya qilish uchun quyidagilarga rioya qiling:

➖ nosoz, qo‘lbola isitish moslamalaridan foydalanmang, standart talablariga javob beradigan isitish moslamalaridan foydalanishda ularni ishlab chiqargan korxonaning yo‘riqnomasidan foydalaning;

➖ isitish pechlari va ular dudburonlarining sozligi, quvurlarning har xil mahsulotlar bilan berkilib qolmaganligini ko‘zdan kechiring;

➖ gaz plitalardan xonalarni isitish maqsadida foydalanmang;

➖ xonani vaqti-vaqti bilan shamollatib turing;

➖ isitish pechlarini haddan ziyod qizdirib yubormang;

➖ gaz uskunalarni ulash tartib qoidalariga rioya qiling va ularga rezina shlangalar orqali ulanishga yo‘l qo‘ymang;

➖ tashqi himoya qobiqlari shikastlangan elektr sim va kabellardan foydalanmang;

➖ isitish moslamalari yaqinida yonuvchan buyumlarni saqlamang.

Kiritildi: 12:43 11.12.2023. O'qildi: 922 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!