So‘nggi ikki kun ichida G‘azo sektorida sakkiz nafar falastinlik sovuqdan halok bo‘ldi.
Bu haqda Qatarning “Al Jazeera” telekanali ma’lum qildi, deb yozadi “Report” TASS’ga tayanib.
G‘azoning sog‘liqni saqlash vakilining so‘zlariga ko‘ra, anklavda yettinchi chaqaloq sovuqdan vafot etgan va qurbonlar soni sakkiz nafarga yetgan.
O‘z navbatida, Falastinning WAFA axborot agentligi G‘azo fuqarolik mudofaasi departamentiga tayanib, kuchli yomg‘irlar o‘n minglab ichki ko‘chirilgan oilalarning ahvolini yomonlashtirganini xabar qilmoqda.
Toshqin oqibatida 1500 dan ortiq chodir suv ostida qolgan.