Falastin Axborot Markazi, sovuq havo tufayli G‘azo janubida Aisha Adnan Sufyan Al-Qassas ismli falastinlik go‘dak qizning o‘limi haqida xabar berdi.
OAV X'da o‘lgan bolaning oq matoga o‘ralgan mitti yuzi aks etgan videoni chop etdi.
Qurbonning oilasi Xon Yunus shahri yaqinidagi al-Mavosi hududidagi chodir ichida yashaydi, ular Isroil armiyasi G‘azo sektorining yana bir noma’lum hududida ularning uyini vayron qilganidan keyin ko‘chib o‘tishgan, deyiladi xabarda.
O‘n minglab tinch aholi Isroilning doimiy bombardimonlari tufayli G‘azoning shimoliy qismlaridan qochganidan keyin G‘azo mintaqasi janubida halokatli gumanitar vaziyatda qolmoqda. Ko‘pchilik qishki haroratga dosh berolmaydigan vaqtinchalik chodirlarda yashaydi.