Tojikistonning “Somon Air” aviakompaniyasi Dushanbe – Toshkent – Dushanbe yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar chastotasini oshirmoqda.
Avvallari yo‘lovchi qatnovlari haftasiga ikki marta – dushanba va juma kunlari amalga oshirilar edi. 2024 yil 24 yanvardan boshlab aviatashuvchi uchinchi qatnovni joriy qilib, chorshanba kunlari Boeing 737-800 samolyotida qo‘shimcha reysni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
“Somon Air” - bosh qarorgohi Dushanbeda joylashgan Tojikiston aviakompaniyasi bo‘lib, ichki va xalqaro yo‘nalishlarda muntazam yo‘lovchi tashuvlarini amalga oshirishga ixtisoslashgan.