Bugun 15 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Somali qirg‘oqlarida 100 dan ortiq o‘lik delfinlar topildi

A A A
Somali qirg‘oqlarida 100 dan ortiq o‘lik delfinlar topildi

Somalining yarim avtonom Puntlend mintaqasi qirg‘oqlaridan kamida 110 o‘lik delfin topildi.

Bu haqda Reyter agentligi mintaqa baliqchilik vaziri Abdirizak Abdullahi Hagiyaga asoslanib xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, delfinlarning o‘limi sabablari hali aniqlanmagan.

“Hozircha biz bilamizki, ularning o‘limi to‘rga tushib qolgani sabab bo‘lmagan, chunki delfinlarda jarohat izlari yo‘q edi”, — dedi u agentlikka.

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, rasmiylar delfinlar zaharli moddalardan zarar ko‘rgan bo‘lishi mumkinligiga ishonishmaydi, chunki hududdagi baliqlar zarar ko‘rmagan.

Kiritildi: 03:20 25.01.2025. O'qildi: 868 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!