Somalining Danab maxsus kuchlari bo‘linmalari mamlakat janubidagi Kismayo porti yaqinidagi Makokaxa hududida o‘tkazgan reyd davomida "Ash-Shabob" terrorchilik guruhining 37 nafar jangarisini yo‘q qildi.
Bu haqda Somali Guardian portali xabar berdi.
Operasiya davomida terrorchilar birinchi navbatda o‘z rahbarlari uchun boshpana sifatida foydalangan er osti bunkerlari portlatilgan. Somali razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, jinoyatchilar mamlakatdagi vaziyatni beqarorlashtirish uchun harakatlar tayyorlagan. Portlovchi moddalar o‘rnatilgan bir qancha yuk mashinalari qo‘lga olindi.
So‘nggi paytlarda, deb qayd etadi portal, Somali hukumati terrorchilarga qarshi harbiy amaliyotlarni sezilarli darajada kuchaytirdi. Joriy yil boshida Somali prezidenti Hasan Shayx Mohamud “Ash-Shabob”ga qarshi “to‘liq urush” olib borishga va’da bergan edi. Milliy armiyani mahalliy milisiya va Afrika Ittifoqi qo‘shinlari qo‘llab-quvvatlaydi.