Soliq qo‘mitasida joriy yilning 10 oyi, jumladan oktyabr yakuni natijalari va yilni muvaffaqiyatli yakunlashga qaratilgan kengaytirilgan hay’at yig‘ilishi o‘tkazildi.
Hay’at yig‘ilishida prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Timur Ishmetov, qo‘mita markaziy apparat tuzilma rahbarlari, hududiy davlat soliq boshqarma hamda inspeksiya (videokonferensaloqa orqali) boshliqlari ishtirok etdi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona, Qashqadaryo, Samarqand,Toshkent viloyatlari hamda yirik soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish hududiy soliq inspeksiyalarida to‘liq foydalanilmayotgan yo‘nalishlar aniq ko‘rsatib berildi.
Asosiy e’tibor quyidagi masalalarga qaratildi:
Zimmasiga yuklatilgan xizmat vazifalarini yetarli darajada bajarmagan, ish faoliyatida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 31 nafar xodimlarga intizomiy choralar qo‘llandi.
Shuningdek, samaradorlik ko‘rsatkichlarini baholash natijasiga ko‘ra, 14 nafar xodimning maxsus unvoni pasaytirilib, 12 nafar xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.