Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Soledar boy berildi

 Soledar boy berildi

Ukraina Qurolli kuchlari Sharqiy yo‘nalishi qo‘mondonligi vakili Sergey Cherevatiy Ukraina qo‘shinlari Donesk viloyatining Baxmut tumanidagi Soledar shahridan olib chiqilganini ma’lum qildi.

Rossiya Mudofaa vazirligi Soledar qo‘lga olinganini 13 yanvar kuni, «Vagner» XHK esa bundan ham oldinroq e’lon qilgan edi.

«Bir necha oylik shiddatli janglardan so‘ng, jumladan, so‘nggi haftalardagi, Ukraina qurolli kuchlari Soledarni tark etdi va shahar chekkasidagi oldindan tayyorlangan pozisiyalarga chekindi», dedi Sergey Cherevatiy AFP agentligiga.

Cherevatiy so‘zlariga ko‘ra, Soledardagi front chizig‘i qayta shakllangan: ukrainalik harbiylarni qamal qilish yoki asirga olish holati bo‘lmagan.

10 yanvar kuni Rossiyaning «Vagner» XHK asoschisi Yevgeniy Prigojin Soledar qo‘lga olinganini e’lon qilib, hujum faqat uning jangchilari tomonidan amalga oshirilganini ta’kidladi. Biroq 11 yanvar kuni Rossiya Mudofaa vazirligi shaharning shimoliy va janubiy qismlari blokadaga olingani haqida xabar berdi. 13 yanvar kuni vazirlik shaharni rus harbiylari tomonidan bosib olinganini e’lon qildi.

O‘sha paytda Ukraina prezidenti ofisi hech bir tomon shaharni nazorat qilmayotganini ta’kidladi. AFP xabariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Ukraina tomoniga diqqatni janubdagi qarshi hujumga qaratishni maslahat bergan.

Kiritildi: 21:02 25.01.2023. O'qildi: 7811 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!