Bugun 9 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

Sog‘lig‘i sababli, Mubashshir Ahmadni ozod etish talabi qo‘yildi

Sog‘lig‘i sababli, Mubashshir Ahmadni ozod etish talabi qo‘yildi

Himoya tomoni mashhur diniy bloger Alisher Tursunov (Mubashshir Ahmad)ni sog‘ligi yomonlashgani sababli ozod etishni so‘ramoqda. Advokat Abdulloh Sodiqning ma’lum qilishicha, Navoiy viloyatidagi 5-sonli koloniyada jazo o‘tayotgan blogerning ahvoli og‘irlashgan.

Qayd etilishicha, Tursunov qandli diabetning II turi bilan og‘rigan bo‘lib, qamoq sharoitida kasallik asoratlari kuchaygan. Unda yuqori qon bosimi, yurak-qon tomir kasalliklari, buyrak muammolari, oyoqlarda shish va tanada yaralar paydo bo‘lgan. Himoya tomoniga ko‘ra, unga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmayapti.

Advokat sog‘ligi yomonligiga qaramay, Tursunov g‘isht zavodida uzoq vaqt tik oyoqda ishlashga majburlanayotganini aytgan. Shuningdek, u ikki qavatli karavotning yuqori qismida yotishga majbur qilinmoqda.

Himoya tomoni Jinoyat kodeksining 75-moddasiga asosan, og‘ir kasallikka chalingan shaxslarni jazodan ozod etishni so‘rab, Bosh prokuratura va Ichki ishlar vazirligiga murojaat yo‘llagan.

Eslatib o‘tamiz, Alisher Tursunov 2025 yil oktyabr oyida 2,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan edi. (https://t.me/rost_24uz/13943)

Kiritildi: 14:58 07.01.2026. O'qildi: 937 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!