Braziliyaning sobiq prezidenti Jair Bolsonaro 27 yilu 3 oy qamoq jazosiga hukm qilindi.
G1 portali xabar berishicha, siyosatchiga nisbatan mamlakat federal oliy sudi uni 2023 yil yanvaridagi davlat to‘ntarishi ishida aybdor deb topgan.
"Oliy sudning birinchi hay’ati payshanba kuni sobiq prezident Jair Bolsonaroni davlat to‘ntarishini amalga oshirish uchun fitna uyushtirganlikda aybdor deb topishga qaror qildi. Hay’at Bolsonaroning qamoq muddatini 27 yilu 3 oy deb belgiladi", - deya xabar beradi mahalliy yangiliklar portali.