Bugun 28 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Sobiq Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

A A A
Sobiq Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Fuqaro murojaati asosida sobiq Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mansabdor shaxslarining noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi hamda bir qator xato va kamchiliklar aniqlandi.

Jumladan, 2019 yilda Italiyaning Pediluko shahrida akademik eshkak eshish bo‘yicha o‘tkazilgan turnir hamda o‘quv yig‘ini mashg‘uloti uchun sarflangan 334,0 mln so‘m, 20 680 yevro va 1500 AQSh dollari miqdoridagi mablag‘larni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, 2020 yilda budjet mablag‘lari hisobidan jami 2,9 mlrd so‘mlik 6 ta shartnoma bo‘yicha sotib olingan jihozlarning foydalanish uchun tarqatilganligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi aniqlandi.

Shu va boshqa bir qator holatlar bo‘yicha to‘plangan hujjatlar qonuniy baho berish uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga yuborildi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshirish o‘tkazilib, natijasi bo‘yicha prokuratura idoralari tomonidan Jinoyat Kodeksining 167-moddasi 3-qismi, “a” bandi va boshqa moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 10:43 14.01.2023. O'qildi: 2539 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!