Bugun 20 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

Sobiq ichki ishlar vaziri ozodlikdan mahrum etildi

A A A
Sobiq ichki ishlar vaziri ozodlikdan mahrum etildi

Fransiya sobiq ichki ishlar vaziri Klod Gean noqonuniy ravishda mukofotlar to‘laganlikda aybdor deb topilib qamoqqa olindi. Bu haqda LCI telekanali xabar bermoqda.

Parij sudi Geanni polisiyaning gumondorlarni kuzatish harakatlari uchun ajratilgan fondidan o‘ziga va IIVning boshqa xodimlariga har oyda noqonuniy ravishda mukofot yozganlikda aybdor deb topdi.

2002-2004 yillar davomida to‘langan mablag‘ miqdori 210 ming yevroni tashkil etganligi aniqlangan. Fonddan har oyda 10 ming yevrodan olingan, uning yarmini Gean o‘ziga olib qolgan, yarmini esa uch nafar yordamchisiga bergan.

Sud unga ikki yillik qamoq (bir yili shartli) va 75 ming yevro jarima belgiladi. Bundan tashqari, unga besh yil davomida davlat lavozimlarini egallash taqiqlandi.

Klod Gean 2002 yilda ichki ishlar va iqtisodiyot vazirliklarida Nikolya Sarkozi ma’muriyati direktori bo‘lgan, 2011-2012 yillarda ichki ishlar, dengizorti hududlari, mahalliy boshqaruv va immigrasiya vaziri lavozimida ishlagan.

Kiritildi: 22:26 15.12.2021. O'qildi: 7013 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!