Bugun 6 oktyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Sobiq futbolchi Tbilisi meri etib qayta saylandi

Sobiq futbolchi Tbilisi meri etib qayta saylandi

Hukmron "Gruziya orzusi" partiyasi vakili Kaxa Kaladze Tbilisi meri saylovida 71,29 foiz ovoz olib, g‘alaba qozondi.

Bu haqda Gruziya Markaziy saylov komissiyasi ma’lum qildi.

Tbilisi meri saylovida 9 nafar nomzod ishtirok etdi. Muxolifatning birlashgan "Lelo" va "Gruziya uchun" partiyalaridan nomzod Irakliy Kupradze 12,52 foiz ovoz to‘plab, ikkinchi o‘rinni egalladi.

Kaladze 2017 yildan beri poytaxt meri lavozimida ishlab kelayotgandi.

Kiritildi: 08:30 05.10.2025. O'qildi: 941 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!