Bugun 6 oktyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Gruziya Bosh vaziri: "Biz xorijiy razvedka idoralarining hukumatni ag‘darishiga yo‘l qo‘ymaymiz"

Gruziya Bosh vaziri: "Biz xorijiy razvedka idoralarining hukumatni ag‘darishiga yo‘l qo‘ymaymiz"

Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidze zo‘ravonliklarda ishtirok etgan va konstitusiyaviy tuzumni ag‘darishga uringanlar "aybdor" deb hisoblanishi va ularni yaqin kunlarda "syurprizlar" kutayotganini aytdi.

Bosh vazir huquq-tartibot idoralari odatda qonunni amalga oshirish uchun ko‘p vaqt talab etmasligini ta’kidladi.

"Biz 30 dan ortiq huquqbuzarning hibsga olinishini bashorat qilgan edik va ko‘ryapsizmi, bashoratimiz amalga oshmoqda. Biz hammaga aytdikki, bugungi kunda odamlarni aniqlash uchun bizda bir necha oy oldingiga qaraganda ancha ko‘p resurslar bor", - dedi u.

Bosh vazirning xabar berishicha, zo‘ravonliklarda 15 nafar polisiyachi jarohatlangan, olti nafar namoyishchi kasalxonaga yotqizilgan. Kobaxidze, shuningdek, xorijiy razvedka idoralari tomonidan uyushtirilgan mitinglarda davlatga qarshi har qanday urinishlar eng qattiq javob bilan kutib olinishidan ogohlantirdi.

"Gruziya xorijiy razvedka idoralariga hukumatni ag‘darishga ruxsat beradigan davlat emas", - deya qo‘shimcha qildi u.

Namoyishlar chog‘ida 14 nafar polisiyachi yaralangani avvalroq xabar qilingan edi.

Kiritildi: 10:15 05.10.2025. O'qildi: 650 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!