Bugun 15 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

“Smart School” o‘quvchilarning darsga qatnashishini elektron tarzda ko‘rsatadi

“Smart School” o‘quvchilarning darsga qatnashishini elektron tarzda ko‘rsatadi

Toshkent shahrida ta’lim sifati va o‘quvchilar davomati ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida yangi tizim «Smart School» elektron dasturi joriy etiladi.

«Smart School» dasturi orqali:

  • o‘quvchilarning darsga qatnashishi va davomati elektron ravishda qayd etiladi;
  • sun’iy intellekt yordamida bolalarning ruhiy holati tahlil qilinadi;
  • o‘quvchilarning fanlarga qiziqishi, o‘qituvchilarning pedagogik salohiyati baholanadi.

Dastlabki bosqichda tizim Olmazor tumanidagi 31 ta maktabning 250 ta sinfida sinov tariqasida ishga tushiriladi. Shuningdek, poytaxtdagi barcha 10- va 11-sinf xonalariga maxsus kameralar o‘rnatilib, ular «Smart School» dasturi bilan integrasiya qilinadi.

Kameralardan foydalanish xarajatlari mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Kiritildi: 07:37 31.08.2025. O'qildi: 865 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!