Bugun 29 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Slovakiya Ukrainadan yordam evaziga tovon talab qilmoqda

A A A
Slovakiya Ukrainadan yordam evaziga tovon talab qilmoqda

Koalision Slovakiya milliy partiyasi (SNS) Slovakiyaning Ukrainadan moliyaviy kompensasiya olishga haqli ekanini ta’kidlamoqda.

Bu haqda shanba kuni TASR agentligiga partiya raisi ofisi direktori Zuzana Shkoptsova ma’lum qilganini Teraz portali xabar bermoqda.

SNS bosh vazir Robert Fitsoni Yevropa kengashining navbatdagi yig‘ilishida Yevropa Ittifoqining Ukraina yerosti boyliklari bo‘yicha ulushi masalasini muhokamaga qo‘yishga undamoqda.

"Tarixda hech qaysi davlat rahbari prezident Zelenskiy kabi AQSh bilan bunday shartnoma imzolamagan. Yevropa Ittifoqining yordami ham AQSh ko‘rsatayotgan yordam hajmiga yaqinlashib qoldi. Agar Ukraina barcha yerosti boyliklarini AQShga topshirsa, Yevropa davlatlariga yordamni qaytarish imkoni bo‘lmaydi", deya ta’kidladi Shkoptsova. Uning fikricha, AQShga Ukraina resurslari bo‘yicha mutlaq huquqlar berilishi mantiqsiz va axloqqa zid ko‘rinmoqda.

Kiritildi: 23:28 24.05.2025. O'qildi: 670 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!