Bugun 25 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Slovakiya Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini qo‘llab-quvvatlamaydi

Slovakiya Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini qo‘llab-quvvatlamaydi

Bu haqda mamlakat bosh vaziri Robert Fiso Facebook'dagi sahifasida ma’lum qildi.

"Agar Yevrokomissiya Rossiyadan gaz, neft va yadro yoqilg‘isi yetkazib berilishi to‘liq to‘xtatilgandan so‘ng Slovakiya duch keladigan inqirozli vaziyatning amaliy yechimini taqdim etmasa, Slovakiya Respublikasi Rossiya Federasiyasiga qarshi tayyorlanayotgan 18-sanksiyalar paketini qo‘llab-quvvatlamaydi", – deb yozdi Fiso.

Avvalroq Yevrokomissiya Moskvaga qarshi yangi sanksiyalar paketida “Shimoliy oqim” gaz quvurlariga qarshi cheklovlar kiritishni, shuningdek, Rossiya neftining narx chegarasini bir barrel uchun 60 dollardan 45 dollargacha tushirishni hamda rus neftidan olingan mahsulotlarni xarid qilishni taqiqlashni taklif etayotganin ma’lum bo‘lgan edi.

Kiritildi: 21:40 11.06.2025. O'qildi: 646 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!