Slovakiya bosh vaziri Robert Fiso uning Rossiyaga tashrifi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Ukraina hududi orqali gaz tranzitini to‘xtatish haqidagi so‘zlariga munosabat ekanini aytdi.
Bu haqda Slovakiya bosh vaziri Facebookda yozgan.
"Bugungi uchrashuvim Vladimir Zelenskiyning so‘zlariga munosabat bo‘ldi, u payshanba kuni savolimga Ukraina orqali gaz tranziti bo‘yicha Slovakiya hududiga har qanday variantga qarshi ekanligini aytdi”, — dedi Fiso.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moskvada Rossiya Federasiyasi va Slovakiya rahbarlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgan edi.