Bugun 19 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Skype faoliyatini butunlay to‘xtatdi

Skype faoliyatini butunlay to‘xtatdi

Microsoft korporasiyasi 5 may kunidan boshlab ushbu messenjer faoliyatini tugatmoqda. Endilikda kompaniya Skype o‘rniga Microsoft Teams'dan foydalanishni taklif qilmoqda, unga Skype'dagi login va parol orqali kirish mumkin bo‘ladi.

Faqatgina Skype for Business foydalanuvchilari uchun texnik qo‘llab-quvvatlash saqlanib qolishi bildirilgan.

Skype ilk bor 2003 yil avgust oyida estoniyalik dasturchilar jamoasi tomonidan, shved kompaniyasi Tele2'ning sobiq xodimlari ishtirokida ishga tushirilgan edi.

Skype foydalanuvchilarga internet orqali butun dunyo bo‘ylab bepul qo‘ng‘iroq qilish imkoniyatini taqdim etgan. 2011 yilda messenjer Microsoft tomonidan 8,5 milliard dollarga sotib olingan edi.

Kiritildi: 14:35 05.05.2025. O'qildi: 530 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!