Bugun 12 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Skuterdagi huquqbuzarliklar uchun ham jarimalar belgilandi

A A A
Skuterdagi huquqbuzarliklar uchun ham jarimalar belgilandi

Prezident tomonidan imzolangan yangi qonunga ko‘ra:

✅ skuterlar va individual harakatlanish vositalarini boshqarib borayotgan shaxslarning yo‘l harakatini tartibga soluvchi signallarga bo‘ysunmasligi, ustunlik beruvchi, taqiqlovchi yoki ko‘rsatma beruvchi yo‘l belgilariga rioya etmaslik —

BHMning uchdan bir qismi miqdorida (125 ming so‘m) jarima solishga sabab bo‘ladi.

✅ Skuter va samokatlarni belgilangan tartibda nur qaytargichlar va chiroqlar bilan jihozlanmasdan haydasa —

BHMning ikkidan bir qismi miqdorida (187 ming 500 so‘m) jarima solinadi.

✅ Individual harakatlanish vositalarining va skuterlarning haydovchilari odamlarni tashisa —

BHMning ikkidan bir qismi miqdorida (187 ming 500 so‘m) jarima solinadi.

✅ Skuter yoki individual harakatlanish vositasini boshqarib borayotgan shaxsning alkogolli ichimlik, giyohvandlik moddasi ta’sirida yoki o‘zgacha tarzda mast bo‘lgan holda yo‘l harakati qoidalarini buzishi —

BHMning uch baravari miqdorida (1 mln 125 ming so‘m) jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ushbu qonun 28 noyabrdan e’tiboran kuchga kiradi.

Kiritildi: 15:55 29.10.2024. O'qildi: 1112 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!