Bugun 4 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

“Skoda” va "Nissan" avtomashinalari jarima maydoniga qo‘yildi

A A A
“Skoda” va "Nissan" avtomashinalari jarima maydoniga qo‘yildi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudining ajrimiga asosan undiruvchi “InFinBank” ATB foydasiga qarzdor I.SH. ga tegishli bo‘lgan “SKODA KODIAQ STYLE” avtotransport vositasini jarima maydoniga qo‘yish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha Byuroning Sergeli tuman bo‘limi davlat ijrochisi D.Faxriddinov tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida qarzdorning avtotransport vositasi xatlanib, jarima maydoniga qo‘yilishi ta’minlandi.

Yaxshi bilamizki, Byuro organlari tomonidan soliq qarzdorligini undirish bilan bog‘liq ijro hujjatlari ijrosini ta’minlash borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

O‘tkazilayotgan tadbirlarda o‘z zimmalaridagi majburiyatini unutib qo‘ygan tadbirkorlar mulklarining xatlanishiga ham to‘g‘ri kelmoqda.

Jumladan, o‘tkazilgan tadbirda qarzdor korxonaning qidiruvda bo‘lgan "Nissan" rusumli avtotransport vositasi xatlanishi ta’minlandi.

Kiritildi: 19:18 06.12.2023. O'qildi: 1521 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!