Bugun 25 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

Skaloni Argentinada Messidan keyingi sardorni tanladi

Skaloni Argentinada Messidan keyingi sardorni tanladi

Argentina milliy jamoasida kuzgi o‘rtoqlik uchrashuvlari oldidan sardorlik masalasiga oydinlik kiritildi.

Bosh murabbiy Lionel Skalonining ma’lum qilishicha, jamoani navbatdagi bahslarda "Atletiko Madrid" himoyachisi Kuti Romero sardor sifatida maydonga olib chiqadi.

Argentina sentyabr oxiri va oktyabr boshida uchta nazorat uchrashuvi o‘tkazadi. Jamoa 30 sentyabr kuni Boliviya, 3 oktyabr kuni Burkina-Faso va 6 oktyabr kuni Beninga qarshi maydonga tushadi.

Shu bilan birga, Beninga qarshi bahs alohida ahamiyat kasb etishi kutilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu uchrashuv Lionel Messining Argentina terma jamoasidagi so‘nggi o‘yini bo‘ladi. Shu sababli o‘sha kuni sardorlik bog‘ichi yana Messiga qaytarilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Argentina 2026 yilgi jahon chempionati finalida Ispaniyaga qo‘shimcha vaqtda 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqani ikkinchi o‘rinda yakunlagan edi.

Kiritildi: Bugun 09:37. O'qildi: 285 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!