Bugun 23 fevral, 2025 yil, yakshanba

КИР

Sirli yo‘qolgan fir’avnning qabri asrning eng katta arxeologik kashfiyotidir

Sirli yo‘qolgan fir’avnning qabri asrning eng katta arxeologik kashfiyotidir

Tutmos II ning topilishi insoniyat tarixini tushunishda ulkan yutuq sifatida baholanmoqda.

18 sulolaning hozirgacha topilmagan so‘nggi hukmdori Tutmos II ning qabri Fiva nekropolining G‘arbiy vodiylarida aniqlandi.

Tutanxamon qabri topilganidan buyon bir asrdan ortiq vaqt o‘tib, arxeologlar ilk bor Misr fir’avnlaridan yana birini kashf etdilar.

Bu topilma kutilmaganda yuz berdi, chunki arxeologlar dastlab qabrni qirollik malikasiga tegishli deb o‘ylashgan edi. Biroq keng zinapoya va nafis bezatilgan dafn xonasining mavjudligi bu joy shohona dafn marosimi o‘tkazilganidan dalolat berib, uni uzoq vaqtdan beri yo‘qolgan fir’avn maqbarasi ekanligini tasdiqladi.

Tutanxamonning ajdodi bo‘lgan va qabri 1922 yilda topilgan Tutmos II 3500 yil oldin vafot etgan bo‘lib, Qirollar vodiysi yaqinidagi tog‘ning narigi tomonida dafn etilgan deb taxmin qilinardi.

Arxeologlar qirol xotinining qabrini topganliklariga ishonishgan edi. Ammo keng zinapoya va rasmlar bilan bezatilgan dafn xonasi bu joyning podshoh maskani bo‘lishi ehtimoli yuqoroqligini ko‘rsatardi.

Kashfiyot Britaniyaning mustaqil akademik jamg‘armasi "Yangi qirollik tadqiqotlari fondi" (NKRF) hamda Misr Turizm va qadimiy yodgorliklar vazirligi tomonidan tashkil etilgan qo‘shma missiya tomonidan amalga oshirildi. Bu loyiha Kembrij universitetining Makdonald arxeologik tadqiqotlar instituti bilan hamkorlikda olib borildi.

Qabrdan topilgan artefaktlar, jumladan Tutmos II va uning bosh malikasi Xatshepsutning nomlari bitilgan alebastr idishlarning parchalari, bu kashfiyotning haqiqiyligini tasdiqladi. Ushbu topilmalar Tutmos II dafn marosimi bilan bog‘liq hozirgacha topilgan yagona artefaktlar hisoblanadi.

Kiritildi: 23:00 22.02.2025. O'qildi: 1378 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!