Bugun 12 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Sirli o‘lim: «Lukoyl» direktorlar kengashi raisi yuqori qavatdan qulab vafot etdi

A A A
Sirli o‘lim: «Lukoyl» direktorlar kengashi raisi yuqori qavatdan qulab vafot etdi

Moskvada «Lukoyl» neft kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Ravil Maganov jonsiz holda topildi. U markaziy klinik shifoxona derazasining oltinchi qavati derazasidan yiqilib halok bo‘lgan. Payshanba kuni Rossiya nashrlari o‘z manbalariga tayanib Maganovning o‘limi haqida xabar berdi.

«Bugun ertalab Maganov markaziy klinik shifoxona derazasidan qulab tushdi. U olgan jarohatlari natijasida vafot etdi», - deb xabar berdi «Interfaks» manbasi. «Kommersant»ning qayd etishicha, Maganov binoning oltinchi qavatidagi derazadan qulagan. Gazetaning ma’lumot berishicha, u og‘ir yurak-qon tomir kasalligi tufayli shifoxonada davolanayotgan bo‘lagn.

Tez orada markaziy klinik shifoxona va tergov qo‘mitasi Maganovning o‘limini tasdiqladi. Tergov qo‘mitasi gap o‘z joniga suiqasd to‘g‘risida borishi mumkinligini bildirgan. Hozircha tergovga qadar surishtiruv olib borilmoqda, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani to‘g‘risida xabar qilinmagan.

«Lukoyl» esa Ravil Maganov «og‘ir kasallikdan so‘ng hayotdan ko‘z yumgani» haqida xabar berdi.

67 yoshli Maganov 1993 yildan buyon «Lukoyl»da ishlab kelayotgandi. U 1994 yildan kompaniya vise-prezidenti sifatida faoliyat yuritgan. Maganov 2020 yilda kompaniya direktorlar kengashi raisiga aylangan. Uning ukasi Nail Maganov - «Tatneft» bosh direktori.

Kiritildi: 23:44 01.09.2022. O'qildi: 5142 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!